Rossiya rublidagi to‘lov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma’lumot

Hurmatli mijozlar,



Rossiya Federatsiyasida bayram kunlari munosabati bilan ''KDB Bank O‘zbekiston" AJ Rossiya rublidagi to‘lov topshiriqnomalarini quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:


• 2025-yil 03-Noyabr va 2025-yil 04-Noyabr - Rossiya rublidagi (RUB) mablag’larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi (RUB/UZS) valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin).


Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarda amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.